Messenger haqida
Jamoamiz dasturiy mahsulotlar yaratish bilan shug`ullanadi. Shu o`rinda aytib o`tish joizki, kompaniyamiz xodimlari turli xil dasturiy maxsulotlar yaratish bo`yicha katta tajribaga ega yoshlar hisoblanishadi. Jumladan, ikki yildan buyon dunyoda ommaviy hisoblangan messenjerlar, ularning samarasi va qo`shimcha imkoniyatlarini o`rganish ustida ish olib bormoqdamiz. Maqsad-O`zbekiston uchun qulay, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan samarali ommaviy muloqot dasturini yaratish va tashqi internet xarajatlarini kamaytirish.
Pager dasturida matn, rasm, kontaktlar, media fayllarni yuborish imkoniyatlari mavjud.
Dastur hozirgi kunda IOS, ANDROID versiyalarida to`liq foydalanish uchun tayyor, WEB va DESKTOP versiyalari ustida ish olib borilmoqda.
Dastur to`rtta: o`zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Kelgusida yangi tillarni qo`shish mumkin.